Back

ⓘ Avstriya, Avstriya Respublikasi: Andoza:Audio-IPA – Markaziy Yevropadagi davlat, Dunayning orta oqimi havzasida joylashgan. Maydoni 83 ming 858 km 2. Aholisi 8 ..



                                               

.at

                                               

Yer (federativ birlik)

Yer - Avstriya va Germaniyadagi federativ birlik. Yer federatsiya azosi sifatida oz konstitutsiyasi va saylab qoyiladigan hokimiyat organi ga ega.

Avstriya
                                     

ⓘ Avstriya

Avstriya, Avstriya Respublikasi: Andoza:Audio-IPA) – Markaziy Yevropadagi davlat, Dunayning orta oqimi havzasida joylashgan. Maydoni 83 ming 858 km 2. Aholisi 8 460 390 kishi. Poytaxti – Vena shahri.

                                     

1. Davlat tuzumi

Avstriya – federativ respublika. Amaldagi konstitutsiya 1920-yilda qabul qilingan 1929-yilda ozgarishlar kiritilgan. Davlat tuzilishi shakli jihatdan Avstriya – federatsiya ittifoq davlat. Davlat boshligi – federal prezident, uni axrli 6 yil muddatga saylaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni ikki palatali parlament: milliy kengash quyi palata va federal kengash yuqori palata amalga oshiradi. Milliy kengashni aholi 4 yil muddatga saylaydi. Federal kengash azolarini olkalar parlamentlari landtaglar oz vakolatlari muddatiga 4 – 6 yilga saylaydilar. Ijroiya hokimiyatni federal prezident va u tayinlaydigan federal kansler boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Har bir olkaning oz konstitutsiyasi va qonun chiqaruvchi organi bor. Olkalarning huquqlari cheklangan.

                                     

2. Tabiati

Avstriya – asosan togli mamlakat. Uning janubiy qismi Sharqiy Alp toglari – Yuqori Tauern balandligi 3797 m, Grosglokner choqqisi va Quyi Tauern; shimoliy qismi – past-baland tekisliklardan iborat bolib, chekka shimoli-sharqda u Orta Dunay payettekisligiga tutashib ketadi. Foydali qazilmalari: neft, gaz, magnezit, qongir kumir, temir va qorgoshin-rux rudalari, grafit, osh tuzi; binokorlik materiallarining anchagina zaxiralari mavjud.

                                     

2.1. Tabiati Iqlimi

Iqlimi motadil. Yanvarning ortacha harorati – 1, – 4 °C, iyulda 15 °C dan 18 °C gacha. Yiliga 500–900 mm, toglarda 2000 mm gacha yogin yogadi. Asosiy daryosi – Dunay va uning irmoklari.

                                     

3. Aholisi

Avstriya aholisining 99 % – avstriyaliklar. Slovenlar, xorvatlar, vengerlar, chexlar, olmonlar, italyanlar ham yashaydi. Rasmiy tili – nemis tili. Aholisining ortacha zichligi – 1 km 2 ga 90 kishi. Aholining 52 % shaharlarda yashaydi. Eng yirik shaharlari: Vena, Grats, Zalsburg.

                                     

4. Tarixi

Hozirgi Avstriya hududidagi dastlabki inson izlari paleolit zamonlariga borib taqaladi. Miloddan avvalgi 1-asrdan boshlab bu yerda turli qabilalar, asosan keltlarning avlodlari yashagan. Milodning 6-asr oxirlarida Avstriya garbiga bavariyaliklarning german qabilasi, markaziy va sharqiy qismlariga slavyan qabilalari asosan slovenlar kochib kelib ornashdi. 8-asr oxirlarida Avstriya Frank davlati tarkibiga, bu davlat bolingandan keyin 843-yil, Sharqiy Frank qirolligi Germaniya tarkibiga kirdi. 10-asrning 2-yarmida barpo etilgan Bavariya Sharqiy markasi Avstriya davlatiga asos soldi. 1156-yildan boshlab Avstriya "Muqaddas Rim imperiyasi" tarkibidagi gersoglik. 12-asr oxiridan 14-asrgacha Avstriya gersoglari Shtiriya, Karintiya, Kraynya, Tirolni qoshib oldilar. Ayniqsa 1282-yilda Gabsburglar sulolasi qaror topgach, Avstriya gersoglari Janubiy Germaniyaning eng qudratli hukmdorlariga aylandilar. 16-asrda Gab-sburglar Chexiya, Sileziya, Garbiy Vengriyani va janubiy slavyan yerlarining bir qismini qolga kiritdilar. 18-asrda butun Vengriya, Transilvaniya, Xorvatiya, Janubiy Niderlandiya, qisman Italiya yerlari, Banat, Sloveniyaning bir qismi, Shimoliy Bosniya, polyak, rumin va ukrain yerlarining bir qismi Avstriya hokimiyati ostiga otdi. Buyuk fransuz inqilobi yillarida Avstriya inqilobiy Fransiyaga qarshi yurish tashabbuskorlaridan biri, Napoleon urushlari davrida Fransiyaga qarshi koalitsiyalar qatnashchisi boldi. 1804-yildan Avstriya – imperiya. Avstriya – Muqaddas ittifoq tashkilotchilaridan biri. 1848-yil martda Avstriya imperiyasi olkalarida burjuademokratik inqilobi sodir boldi. 1859-yilgi Avstriya-Italiya-Fransiya urushi va 1866-yilgi Avstriya-Prussiya urushidagi maglubiyat uning Germaniya davlatiga tasiri yoqolishiga olib keldi. 1867-yilda Avstriya imperiyasi dualistik qosh monarxiya – Avstriya-Vengriyaga aylandi. birinchi jahon urushida u Germaniya ittifoqchisi bolib qatnashdi. 1918-yili noyabrda burjua-demokratik inqilobining galabasi tufayli Avstriya-Vengriya bir necha mustaqil davlatga bolinib ketdi, jumladan Avstriya ham respublika deb elon qilindi. 1919-yilgi San-Jermen sulh shartnomasida Avstriyaning chegaralari belgilab berildi. 1929–33 yillar jahon iqtisodiy inqirozi davrida Avstriyada reaksiyaning xuruji kuchaydi. 1933-yilda parlament tarqatib yuborildi, matbuot va yigilishlar erkinligi bekor qilindi. 1934-yilda qozgolon kotargan xalq Vena, Lins va boshqa shaharlar uch kun mobaynida fashist todalarga va hukumat qoshinlariga qurolli qarshilik korsatdi. 1938-yilda fashistlar Germaniyasi Avstriyani qoshib oldi. 1945-yil bahorida Avstriya gitlerchilar zulmidan xalos etildi. 1945–55 yillarda Avstriya hududida sobiq, SSSR, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya qoshinlari turdi. 1955-yilda mustaqil va dsmokratik Avstriyani qayta tiklash togrisida Davlat shartnomasi tuzildi. Osha yili Avstriya parlamenta doimiy betaraflik togrisidagi qonunni qabul qildi. 1955-yildan Avstriya – BMT azosi. 1992-yilda Avstriya bilan Ozbekiston Respublikasi ortasida diplomatiya munosabatlari ornatildi. Milliy bayrami: 26 oktyabr – betaraflik kuni 1955.



                                     

5. Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari

Avstriya sotsial-demokratik partiyasi, 1889-yilda tuzilgan; Avstriya xalq partiyasi, 1915-yilda tuzilgan; Avstriya ozodlik partiyasi, 1955-yilda tuzilgan; "Yashil muqobil" partiyasi, 1987-yilda tuzilgan; "Liberal forum" partiyasi, 1993-yilda tuzilgan. Avstriya kasaba uyushmalari birlashmasi, 1945-yilda tuzilgan; Xalqaro arkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi.

                                     

6. Xojaligi

Avstriya – yuksak darajada rivojlangan industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotning 36.3 % sanoatda va 2.8 % qishloq xojaligi va ormon xojaligida hosil qilinadi. Avstriya iqtisodiyotida yirik chet el korporatsiyalari muhim rol oynaydi. 113 Ogir sanoatning bir qancha tarmoqlari mamlakat ixtiyoriga olingan. Chetga kop mahsulot chiqariladi.

                                     

7. Sanoati

Avstriya energetikasi gidroresurslar va asosan chetdan keltiriladigan komir negiziga qurilgan. Konchilik sanoati tarmoqlari orasida magnezit Shtiriya, Karintiya, temir rudasi Ayzeners, polimetall rudalar, neft va gaz qazib olish katta ahamiyatga ega. Sanoatning asosiy tarmoqlari – mashinasozlik va metallsozlik. Metallurgiya, kimyo, neft kimyosi, yogochsozlik, qogoz, yengil va oziq-sanoat markazlari – Vena, Lins, Grats.

                                     

8. Qishloq xojaligi

Qishloq xojaligida intensiv chorvachilik yetakchi orinda turadi. Fermalar kop, taminot-sotish va matlubot kooperatsiyasi shoxobchasi rivojlangan. Avstriya asosan togli olka bolishiga qaramay, uning 20 % haydaladigan yerlar, 28.8 % yaylov va pichanzorlardir. Qora-mol, chochqa, qoy, echki boqiladi. Asosiy ekinlari: galla–bugdoy, arpa; texnika ekinlari – qand lavlagi. Xashaki ekinlar, meva, uzum yetishtiriladi. Asosiy qishloq xojaligi olkalari – Quyi Avstriya, Yuqori Avstriya, Burgenland va Shtiriya.

                                     

9. Transporti

Temir yollarning uzunligi – 6.4 ming km. Magistral gaz quvurlari – 1.8 ming km. Avtomobil va havo transporti ham rivojlangan. Dunayda kemalar qatnaydi. Asosiy porti va muhim xalqaro aeroporti – Vena.

                                     

10. Tashqi savdosi

Avstriya mashinalar, asbob-uskuna, yogoch materiallar, grafit, azotli ogitlar, metall buyumlar, elektr energiya va xalq istemol mollarini chetga chiqaradi. Xom ashyo and the acquisition of Banca Comercială Română by Erste Group for 3.7 bil. EUR in 2005., yoqilgi, oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan oladi. Garbiy Yevropa mamlakatlari orasida tashqi savdo muomalasining kop qismi Germaniyaga togri keladi. Xorijiy sayyoxlik kopgina daromad keltiradi. Pul birligi – Avstriya shillingi.

                                     

11. Tibbiy xizmat

Avstriyada 77600 dan ziyod orinli kasalxonalar bor; barcha ixtisosliklardagi 28565 shifokor tibbiy yordam korsatadi. Shifokorlarni Vena, Grats va Insbruk unstitutlarining tibbiyot fakultetlari yetishtirib beradi. Xushman-zara Badenbay-Vin, Bad-Ishl, Bad-Shallerbax, Badgashtaynda turli kurortlar joylashgan.

                                     

12. Maorifi, ilmiy va madaniy-marifiy muassasalari

Avstriyada 1966-yildan umumiy 9 yillik talimni joriy etish boshlangan. Avstriya maktablari va boshqa turdagi orta oquv yurtlarida 1 mln. dan ortiq oquvchi, oliy oquv yurtlarida 205600 talaba oqiydi, 14 ming oqituvchi ishlaydi. Eng yirik oliy oquv yurtlari: Vena, Grats, Zalsburg, Insbrukdagi unstitutlar, Vena, Gratsdagi texnika unstitutlari. Avstriya Fanlar akademiyasi mavjud. Kutubxonalari: Venadagi Milliy kutubxona, Fanlar Akademiyasi va Vena unstituti kutubxonalari; muzeylari: Tasviriy sanat akademiyasining bisoti, Avstriya galereyasi, Badiiy-tarix muzeyi, Betxoven, Gaydn, Motsart, Shubert muzeylari va boshqalar.

                                     

13. Matbuoti, radioeshittirishi, telekorsatuvi

Avstriyada bir qancha kundalik gazeta va boshqa davriy axborot nashrlari chiqadi. Eng mashhur nashrlari: "Viner saytung" "Vena gazetasi", 1703-yildan, "Virtshaft" "Iqtisodiyot", 1945-yildan, "Kurir" "Dastyor", 1954-yildan; asosiy jurnallari: "Esterrayhishe monatsxefte" "Avstriya oynomasi", 1945-yildan, "Zolidaritet" "Birdamlik". Axborot agentligi – Austriya presse agentur – aksiyadorlik jamiyati, 1946-yil tashkil etilgan. Radio va telekorsatuv "Esterrayhisher Rundfunk" "Avstriya radiosi va televideniyesi" davlat tashkiloti tomonidan nazorat qilinadi. 399 radiostansiyasidan eshittirishlar olib boriladi. Telekorsatuv 1956-yildan buyon ishlaydi.

                                     

14. Adabiyoti

Avstriya adabiyoti 9–11-asrlarda vujudga kela boshlagan. Unda lotin tilidagi liniy sheriyat ustun edi. Shoira Ava va hajvchi shoir Genrix fon Melk nemis tilida yoza boshlashgan. 12-asr oxirlarida qahramonlikni madh etuvchi eposlar "Nibelunglar togrisida qoshiq" yaratildi. Bu davrga kelib Vena minnezang deb atalgan saroy ritsarlik sheriyati markazita aylandi. V. fon der Fogalneyde eng atoqli minnezinger edi. Byurgerlik vujudga kelgan davrda Avstriya adabiyotida muxoliflik ruhidagi hajvchilik kuchaydi. 13– 14-asrlardagi taniqli hajvchilar: "Pop Amis" shvank janr turilar toplamining muallifi Shtrikker, shoirlardan Verner-Sadovnik va G. Teyxner. 14 – 16 asrlarda gumanistlar I. Fon Noymarkt, I.fon Zaats, K.Seltis faoliyati diqqatga sazovor. Gabsburglar monarxiyasi va katolik cherkovni madh etuvchi 17-asr adabiyoti va teatri xalqqa begona va tushunarsiz edi. Hajvchi Abraham a Santa Klara va Vena xalq dramasi namoyandalari Y. Stra-nitskiy va boshqalarning asarlari xalq orasida mashhur edi. Avstriya adabiyoti 18-asr oxiri va 19-asrda goyat gullab-yashnadi. Eng yaxshi asarlarda Yevropa marifatparvarligi oliy goyalari aks ettirildi. Vena xalqdramasi va hajvchilik yoli ana-nalarini F. Raymund, I. Nestroy, A. Blumauer davom ettirishdi. Ayni vaqtda klassitsizm va romantizm rivojlanib bordi. K. Pixler, I. N. Fogl, N. Lenau ijodida romantik ohanglar va milliy-vatanparvarlik goyalari ustunlik qildi. 19-asr oxiri – 20-asrboshlari adabiyotida bir qancha naturachilik va sub’ektivchilik ruhidagi impressionizm, neoromantizm, simvolizm, ekspressionizm kabi oqimlar yuzaga keldi. Shu oqimlar ayrim namoyandalarining asarlarida ijtimoiy tanqidiy ohanglar yangradi. G.fon Gofmanstal, A. Shnitsler, A.Roda-Roda, R. M. Rilke, G. Trakl, F. Verfel, P. Altenberg, G. Bar, F. Kafka oz davrining nuqsonlarini qoralaganlar. B. fon Zutner va K. Kraus asarlarida militarizmga qarshi oshkora norozilik bildirilgan. Birinchi jahon urushi yillarida va undan keyin adabiyot maydoniga kelgan shoirlar: A. Vildgans, A. Petsoldtub xalqchillik goyalarini kotarib chiqishdi. K. E. Fransoz, S. Sveyg, R. Muzil, Y. Rot, G. Surmyulen, G. Brox, F. Brukner urushga qarshi ruxda asarlar yaratishdi. A. Germaniya tomonidan qoshib olingach anshlyuz, ayrim taraqqiyparvar yozuvchilar mamlakatdan bosh olib ketishga majbur boldilar, bazilari Yu. Zoyfer, A. Kyonig fashizm zindonlarida halok boldilar. Mamlakat fashizmdan ozod bolgach, Avstriya adabiyotining asl namoyandalari milliy madaniyatni yanada rivojlantirishga hissa qoshdilar. E. Prister. G. Lebert, F. T. Chokor, X. Guppert, X.fon Doderer, I. Baxman, M. Vid, F. Kain, A. Lernet-Xoleniya singari shoir va yozuvchilar shular jumlasidandir.



                                     

15. Memorligi

11-asrdan 13-asr boshlarigacha Avstriya memorligida romantik uslub hukmron boldi Gurke va Zekkaudagi bazilika, Venadagi avliyo Stefan soborining garbiy tarzi. 13 – 15 asrlarda gotika rasm boldi Xeyligenkreys va Svetldagi cherkovlarning xorlari, Venadagi Stefan sobori. Avstriyadagi Uygonish davri 15–16-asrda erkerli oynavand, peshayvonli uylar, qasr toifasidagi saroylar qurildi. 17–18 asrlarda Vena, Zalsburg, Linsda barokko uslubida shahar tashqarisidagi qarorgohlar, monastirlar, saroy va cherkovlar qurildi. 19-asr 1-yarmi memorligi uchun klassitsizm, 19-asr 2-yarmi memorligi uchun eklektika va modern xos boldi. Zamonaviy inshootlar orasida Venadagi Shtadtxalle shahar zali 1955–58, memor R. Rayner va boshqalar bor.

                                     

16. Tasviriy sanati

Avstriya hududida "Villendorf Venerasi" deb atalgan paleolitik haykal qadimgi tosh davri, neolit kulolchiligi va bronza buyumlar yangi tosh davri topilgan; mahalliy haykaltaroshlik va rassomlik namunalari miloddan avvalgi 1-asr milodning 5-asri saqlanib qolgan. Gurke va Zekkaudagi sobor devorlariga solingan rasmlar, shuningdek vitrajlar, 115 releflar, miniatyuralarda romantik uslub korinib turadi 11 –13-asrlar. 15-asrdan boshlab Avstriya sanatida uygonish davrining insonparvarlik belgilari paydo boldi haykaltarosh Ya. Kashauer, rassom M. Paxer. 17 – 18-asrlarda barokko uslubining rivojlanishi bilan Avstriya sanati katta ahamiyat kasb etadi. Portret rang-tasvirida klassitsizm tasiri seziladi I. B. Lampi, I. Grassi. 19-asrda romantizm M. Shvind va bidermayer F. Valdmyuller, M. Daffinger yoyildi. X. Makkart ijodiga dabdabali salon uslubi xosdir. 1898-yildan Vena Sesessioni jamiyati modernchi rassomlar G. Klimt, A. Kubinni birlashtirdi. 20-asr boshlarida ekspressionizm O. Kokoshka yuzaga keldi. Hozirgi zamon sanatida abstraksionizm F. Votruba va syurrealizm E.Fuks, Y. Dobrovskiy va boshqalar bilan bir qatorda realistik ananalar davom etmoqda.



                                     

17. Musiqasi

Orta asrlardan boshlab sayyoh musiqachilar, shpilmanlar, vagantlar xalq musiqa mada-niyatining namoyandalari bolgan. 17-asrda xalq musiqa teatri zingshpil, kamer musiqasi va simfoniya vujudga keldi. 18-asrning 2-yarmida Vena klassik maktabi shakllandi Y. Gaydn, V. A. Motsart va L. Betxoven. K. V. Glyuk uning eng yaqin otmishdoshi edi. 19-asrning 1-yarmida F. Shubert A. musiqasida romantik oqimga asos soldi, bal musiqasi goyat mashhur boldi Y. Lanver, Shtrauslar oilasi, Vena operettasi qaror topdi |Y. Shtra-us ogil, F. Zuppe, K. Seller". I. Brams va A. Brukner ijodida simfonik musiqa yuksak darajaga kotarildi. 20-asr boshlarida atoqli simfoniyachi G. Maler ijod etdi. F. Shreker opera janrida ishladi. 19-asr oxirida Yangi Vena maktabi yuzaga keldi. Hozirgi zamon Avstriya musiqasida yangi klassisizmdan tortib modernizmgacha bolgan turli oqimlar mavjud. Kompozitor Y. Marks romantik realizm deb atalgan oz maktabini yaratdi, uning shogirdlari – A. Kaufman, F. Vildxans, ijrochilar orasida – dirijyorlar G. Karayan, K. Byom, yakkaxonlar orasida E. Shvarskopf, G. Tepper, I. Metternix va boshqa Musiqa jamoalari: Venada – Vena davlat operasi, Xalq operasi "Folksoper", Kamer teatri, uchta simfonik orkestr, Vena ogil bolalar xori, Gratsda – opera; Zalsburgda 1841-yildan Motsarteum – xalqaro motsartshunoslik markazi ishlab turibdi. Mazkur uchchala shaharda musiqa va drama sanati akademiyalari bor.

                                     

18. Teatri

Avstriyada teatr 16-asrda vujudga kela boshladi havaskor aktyorlarning sayyor truppalari. 17–18-asrlarda saroy va maktab teatrlari bolgan. 1712-yilda Venada dastlabki doimiy teatr, 1741-yilda Burgteatr, 1788-yilda "Yozefshtadt-teatr" ga asos solindi. Songgi teatr 20-asrning 20–30-yillarida sanatda ilgor rol oynadi 1924–38 yillarda unga M. Reynhardt rahbarlik qildi. 1945-yildan "Burgteatr" Avstriyaning yetakchi teatri bolib qoldi.

                                     

19. Kinosi

Avstriyaning birinchi badiiy filmi – "Bosqichdan bosqichga" 1908, rejissyor X. Xanus. 1920–24 yillar Avstriya kinosining onglanish davri boldi xususan, rejissyor A. Kord filmlari. Avstriya kinematografiyasining yangi ravnaqi 1946-yildan boshlandi "Olis yol" filmi, rejissyor E. Xesh.Vena shahridagi Opera teatri binosi. 50–60-yillarda musiqali biografik filmlar, revyu-filmlar chiqarildi. Taniqli rejessorlar V. Forst, A. Kvendler; aktyorlar P. Vesseli, M. Andergast, R. Shnayder, Maksimilian va Mariya Shellar A.kino arboblaridir.

                                     

20. Adabiyot

  • Жиряков И. Г. Советская оккупация Австрии: некоторые политико-правовые выводы и обобщения. // "Право и жизнь", № 112 7, 2007
  • "Австрия. Вокруг Света. Путеводитель" И. К. Антонова, А. Г. Хропов – М., Вокруг Света – 2011 год, ISBN 978-5-98652-345-3
  • Кружков В. А. Как Австрия стала нейтральной // Международная жизнь, № 8-9, 2008
  • Ватлин А. Ю. Австрия в XX веке: учеб. Пособие для вузов. М., 2006
  • Воцелка К. История Австрии. Культура, общество, политика. М. 2007
                                     

21. Havolalar

  • Русскоязычный портал Австрии Arxivlandi 2013-02-27Wayback Machine saytida. rus.
  • Транспорт Arxivlandi 2005-07-10Wayback Machine saytida. olm.
  • Карта Австрии
  • Австрия на сайте "Горной энциклопедии"
  • Статистика Австрии и ЕС olm.
                                               

Avstriya (manolari)

Avstriya: Avstriya – Germaniya shartnomasi - Venada Avstriya-Vengriya bilan Germaniya ortasida imzolan-gan ittifoqchilik shartnomasi. Avstriya, Avstriya Respublikasi Osterreichische Republik - Markaziy Yevropadagi davlat, Dunayning orta oqimi havzasida joylashgan.

                                               

Avstriya-Italiya urushi (manolari)

Avstriya-Italiya urushi: Avstriya-Italiya urushi 1866 - 1866-yilda bolib otgan urush; Avstriya-Italiya urushi 1848–1849 - 1848 - 1849-yilarda bolib otgan urush;

Free and no ads
no need to download or install

Pino - logical board game which is based on tactics and strategy. In general this is a remix of chess, checkers and corners. The game develops imagination, concentration, teaches how to solve tasks, plan their own actions and of course to think logically. It does not matter how much pieces you have, the main thing is how they are placement!

online intellectual game →