Back

ⓘ Ispaniya, Ispaniya Qirolligi - Yevropaning janubi-garbida, Pireney yarim orolda joylashgan davlat. Orta dengizdagi Balear, Atlantika okeanidagi Kanar orollari, ..



                                               

Ispaniya milliy futbol terma jamoasi

Ispaniya Milliy Futbol Terma Jamoasi Ispaniyaning Futbol boyicha milliy terma jamoasidir. Ispaniya Futbol Federatsiyasi tomonidan idora qilinadi. 1913-Yildan FIFAga 1954-Yildan UEFAga Azo, Ispaniya Terma Jamoasi 3 karra Yevropa 1964 2008 2012 va 1 marta Jahon 2010 Chempionligini Qolga Kiritishgan

                                               

Ispaniya merosi

Ispaniya merosi - Ispaniya taxti va uning mulklariga egalik qilish hamda Yevropada siyosiy ustunlikka erishish maqsadida olib borilgan urush. Ispaniyaning songgi Gabsburgi - Karl II ning vafoti dan song boshlangan. Fransiya Karl II ning vorisi yokligini bahona qilib Ispaniya taxtiga Lyudovik XIV ning nabirasi Filipp Bur-bonni otqazdi. Shunda Buyuk Britaniya, Gollandiya, Avstriya, Prussiya va b. davlatlar ozaro uyushib, mazkur fransuz-ispan ittifoqiga qarshi chikdi. Ikki ortadagi urush Utrext va Rash-tat sulh shartnomalari bilan yakunlanib, natijada Ispaniya Yevropa va Shim. Amerikadagi bir ...

                                               

Ispaniya superkubogi (futbol)

Futbol boyicha Ispaniya superkubogi - Ispaniyadagi futbol musobaqasi, unda Ispaniya chempioni va Ispaniya kubogi sohibi ishtirok etadi. Ikki oyindan iborat bu musobaqa odatda avgustda otkaziladi. Amaldagi Superkubok sohibi bu - "Barselona" jamoasidir.

                                               

Atletiko Madrid (futbol klubi)

                                               

Ispaniya ligasi kubogi (futbol)

Futbol boyicha Ispaniya ligasi kubogi - Ispaniyada 1983-1986 yillarda Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi tomonidan otkazilgan kelingan futbol turniridir. Avvaliga liga kubogini faqat Primera doirasida otkazish rejalashtirilgandi, biroq keyin musobaqani boshqa ligalarda, Segunda, Segunda B, Terseralarda ham otkazishga qaror qilindi.

                                               

.es

.com.es - Tijorat tashkilotlari uchun erkin .nom.es - Shaxslar uchun erkin .edu.es - Ta`lim tashkilotlari uchun erkin .org.es - Notijorat tashkilotlar uchun erkin .gob.es - Davlat tashkilotlari uchun erkin

Ispaniya
                                     

ⓘ Ispaniya

Ispaniya, Ispaniya Qirolligi - Yevropaning janubi-garbida, Pireney yarim orolda joylashgan davlat. Orta dengizdagi Balear, Atlantika okeanidagi Kanar orollari, Afrikaning shimoliy qirgogidagi Seuta va Melilya shaharlari va unga yondosh Veles-de-la-Gomera, Alusemas, Chafarinas orollari ham Ispaniyaga qaraydi. Maydon 504.75 ming km 2. Aholisi 47.27 mln. kishi. Mamuriy jihatdan oz hukumati va parlamentiga ega bolgan 17 muxtor regionga, ular, oz navbatida, 50 viloyat ra bolinadi. Poytaxti - Madrid sh.

                                     

1. Tabiati

I. subtropik mintaqada. Qirgoq chizigining uzunligi orollar bilan birga 5 ming km dan koproq. I. hududining aksar qismi plato, ortacha balandlikdagi tizmalar, yassitogliklar va pasttekisliklardan iborat. Platolarning balandligi shimoli-garbda 800– 1000 m, janubi-sharqda 500–600 m. Ular ortasida janubi-garbdan shimoli-sharqqa yonalgan Markaziy Kordilyera tog tizmalari bor. I.ning shimoli-garbida Galisiya massivi va Leon toglari, Biskay qoltigi sohilida Kantabriya toglari bor. Ular sharqda Pireney toglariga ulanib ketadi. Janubiy va janubi-sharqida Andalusiya toglari, janubi-gar-bida Andalusiya pasttekisligi bor. Syerra-Nevada tizmasidagi Mulasen togi 3478 m Ispaniyadagi eng baland togdir. Ispaniyada uran, mis, simob, qorgoshin, temir, volfram, qalay, oltin, ku-mush, margimush, marganets konlari bor. Toshkomir, kaliy tuzi, kaolin, apatit ham qazib olinadi.

Iqlimi shimoliy va shimoli-garbida motadil okean iqlimi, qish yumshoq, yoz iliq. Yillik ortacha yogin 1000–2000 mm. Sohilda yanvarning ortacha temperaturasi 7 - 9°, iyulniki 18 - 20°. Mamlakatning qolgan qismida Orta dengizga xos subtropik iqlim, yoz quruq, issiq, qish yumshoq, seryogin. Yanvarning ortacha temperaturasi Meseta platosida 4 - 5°, janubida 12 - 13°, iyulniki 23 - 29°. I.ning markazi, sharqi va janubi-sharqida yogin kam 300–500 mm.

Daryolari, asosan, yomgirdan toyinadi, yozda juda sayozlanib qoladi. Faqat shimoliy va shimoli-garbidagi daryolar yil boyi sersuv. Yirik daryolari: Taxo, Ebro, Gvadalkvivir, Duero, Gvadiana va boshqa. Ulardan energiya olishda va sugorishda foydalaniladi. I.ning shimoliy va shimoli-garbidagi tog-ormon qongir tuproqlarda qora qayin, dub, kashtan ormonlari, tog yon bagirlaridagi tog podzol tuproqlarida qaragay ormonlari bor. Pireney toglarida 2000 m dan balandda otloq mintaqalari joylashgan. I.ning qolgan qismida doim yashil dublar, qaragay, sarv, kashtan, zarang, lipa va boshqa usadi. Ispaniyaning eng chekka janubida palmazorlar uchraydi. Hayvonlardan tulki, suvsar, qongir ayiq, borsiq, tog echkisi, serna, viverra, quyon, tipratikan bor. Gibraltar atrofida makaka maymun Yevropada faqat shu yerda uchraydi. Qushlarning 400 ga yaqin turi bor. Sudralib yuruvchilar kop. Tunets, sardina, treska baliklari va dengiz jonivorlari ovlanadi. Noyabr hayvonlar va tabiiy landshaftni saqlash maqsadida bir necha milliy bog va qoriqxonalar tashkil etilgan. Milliy boglari: Ayguestortes-i-Lago-SanMaurisio, Kovadonza, Ordesa va boshqa.

Aholisining 3/4 qismi ispanlar, qolganlari - katalonlar, galisiylar, basklar va boshqa. Rasmiy til - ispan tili. Kopchilik dindorlar - katoliklar. Aholining 78.4% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Madrid, Barselona, Valensiya, Sevilya, Saragosa, Bilbao, Malaga.

                                     

2. Tarixi

Ispaniya hududida odam quyi paleolit davridan yashaydi. Leridadan Kadisgacha bolgan hududlarda mezolitga oid qoyatosh suratlari kop topilgan. Mil. av. 7-asrdan I.ning janubiy va sharqiy sohil boylari finikiyaliklar va yunonlar tomonidan ozlashtira boshlangan. Mil. av. 700 - 500 yillarda Orta dengiz sohilida iberlar madaniyati paydo boldi. Mil. av. 5 - 3-asrlarda Pireney yarim orol orkali kelgan kelpiarnmt iberlar bilan qoshilib ketishi natijasida kelipiberlar shakllangan. Mil. av. 3-asr oxirlarida Ispaniya hududining kop qismi Karfagen qol ostiga otdi. Mil. av. 2-asr boshiga kelib rimliklar karfagenliklarni siqib chiqardi. Mil. av. 197 yilda Rim Ispaniya hududini 2 viloyat Yaqin Ispaniya va Olis Ispaniyaga bolib yubordi. Mil. 409 yil Ispaniyaga alanlar, svev va vandallar, 418 yildan vestgotlar kirib kela boshladi. 711 - 718 yillarda Pireney yarim orolning deyarli hammasini arablar bosib olib, 756 yil mustaqil davlat - Kordova amirligini, 929 yilda esa Kordova xalifaligini tuzdi. Kordovada sugoriladigan dehqonchilik paydo boldi, hunarmandchilik, savdosotiq, fan va madaniyat yuksaldi. 1031 yil xalifalik bir necha amirlikka bolindi. 8-asrdan boshlab mavrlar kol ostida bolgan yerlarni ispanlar kay-tarib ola boshladilar Rekonkista dav-ri. Rekonkista davrida Kastiliya va Aragon qirolliklari vujudga keldi 11-asr. 12-asrda dvoryanlar, ruhoniylar, shaharliklar va yuqori tabaqa dehqonlardan iborat korteslar paydo boldi. Ular qirol hokimiyatini cheklab turdilar.

1479 yil Aragon bilan Kastiliya ortasida tuzilgan sulola ittifoqi aragonlik Ferdinand bilan kastiliyalik Iza-bellaning 1469 yilgi nikohi natijasida I. yagona davlatga aylandi. 1480 yil absolyutizm quroli hisoblangan inkvizitsiya joriy qilinib, mavr va yahudiylar mamlakatdan quvildi. 1504 yil Ispaniyaga Neapol qirolligi Janubiy Italiya va Sitsiliya qoshib olindi. Ispaniya 1494 - 1559 yillarda Italiyaga qarshi urushlarda Shimoliy va Orta Italiyaning qator yerlarini bosib oldi. Karl Ining taxtga otirishi 1516 bilan Ispaniyada Gabsburglar sulolasi hukm sura boshladi. Shu yili Ispaniyaga Niderlandiya qoshib olindi.

16-asrning 1-yarmida Ispaniya Markaziy va Janubiy Amerikaning kup qismini, Filipp II davrida Filippin orollari 1563 - 73ni bosib oldi va Portugaliya 1581ni oziga qoshdi. Ispaniya qiroli Karl I Gabsburg "Muqaddas Rim im-periyasi"ning qiroli bolgach, Karl V nomini oldi. Bu paytda I. Yevropaning siyosiy reaksiya markaziga aylandi. Ispaniyaga qaram bolgan Niderlandiyada 1566 yil inqilobi boshlandi. 1581 yil Birlashgan viloyatlar respublikasining tashkil qilinishi bilan Shimoliy Niderlandiya Ispaniyadan ajralib chikdi. Ispaniya 16 - 17-asrlarda Angliya bilan urushib, dengizdagi ma-vqeidan mahrum boldi "Yengilmas armada" - ispan flotining 1588 yildagi halokati bunga yol ochdi. Ottiz yillik urush 1618 - 48, Fransiya hamda Angliya bilan bolgan urushlar natijasida tuzilgan Vestfaliya 1648, Pireney 1659, Axen 1668 va Nimvegen 1678 sulxlariga binoan, Ispaniya Yevropada gegemonlik qilish huquqidan mah-rum boldi. Gabsburglarning songgi vakili Karl II vafoti 1700 va ispan taxtining Burbonlarga otishi munosabati bilan ispan merosi uchun Yevropada urush 1701 - 14 boshlandi. Natijada Ispaniya Italiya, Janubiy Niderlandiya va Gibraltardagi yerlaridan ajraldi. Karl III davri 1759 - 88da marifatli absolyutizm ruhidagi islohot otkazildi.

1808 yil Fransiya Ispaniyani bosib olishga kirishdi. Ispan xalqining bosqinchilarga qarshi milliy harakati birinchi ispan inqilobi bilan qoshilib ket-di 1808 - 14. Ispaniyada boshlangan milliy ozodlik urushlari Amerikadagi ispan mustamlakalarida ozodlik harakatining 1810 - 26 avj olishiga turtki boldi. Natijada bir qancha mustamla-kalar mustaqillikka erishdi. Napoleon I yengilgach, Burbonlar taxtni qay-ta egallab, absolyutizmni tikladi. 1820 yil qozgolon kotarilib, u inqilobga aylandi. Inqilob 1823 yil Muqaddas ittifoq tomonidan bostirildi.

1834 - 43 yillarda ishchilar qarakati avj oldi va utopik sotsializm goyalari tarqala boshladi. 1868 yil boshlangan inqilob natijasida respublika ornatildi 1873. Respublika tarafdorlari ortasida hamjihatlik yoqligi oqibatida demokratik kuchlar maglubiyatga uchrab, Burbonlar sulolasi qayta tiklandi 1874. Ispaniya-Amerika urushi 1898da Ispaniya maglubiyatga uchrab, Kuba, Puertoriko, Guam va Filippindan mahrum boldi, ispan monarxiyasi za-iflashdi. Respublika tarafdorlari faollashdi va ishchilar harakati avj oldi.l-jahon urushi yillarida I. beta-raf turdi. 1921 yil ispan qoshinlari Marokashda maglu-biyatga uchragach, monarxiya inqirozi yanada kuchaydi. Chochib qolgan reaksiya 1923 yil sentabrda harbiy tontarish qilib, general M. Primo de Rivera harbiy hokimiyatini ornatdi.

1931 yil 14 sentabrda boshlangan inqilob natijasida respublika elon kilindi. 1936 - 39 yillardagi milliy-inqilobiy urushda demokratik kuchlar maglubiyatga uchrab, respublika agdarilgach, general F. Frankoning fashist diktaturasi 1939 - 75 ornatildi. Respublika davri qonunlari bekor qilindi, fashistlarning I. falangasi deb atalgan partiyasidan tashkari barcha siyosiy partiyalar tarkatib yuborildi, inqilobchilar qatagonga uchradi, sinfiy kasaba uyushmalari tugatildi. Yarim millionga yakin ispanlar chet elga qochdi.

Ikkinchi jahon urushida Ispaniya betaraflik elon qilgan bolsa ham, Germaniya va Italiyaga yordam berdi, frontga "zan-gori diviziyasi"ni yubordi. 1959 yilda Franko diktaturasiga qarshi tinch yol bilan kurashish uchun Milliy antifashist fronti tuzila boshladi. Fashiz-mga qarshi kuchlar birlashdi. 1962 yilda Myunxen GFRda ispanlar umumdemok-ratik konferensiyasi otkazildi, 26 viloyatda umumiy ish tashlashlar boldi, "vertikal sindikatlar"ga qaramaqarshi ishchi komissiyalari kasaba uyushmalari tuzildi. 1962 - 63 yillardagi ijtimoiy tanglik diktaturami juziy "erkinliklar berish" siyo’satiga otishga majbur qildi, ammo u muxolifat kuchlarini bartaraf etolmadi. 1971 yil muxolifat kuchlari birgalikda harakat qilish haqida bitim imzoladilar. 1975 yilda F. Franko vafotidan song qirol Xuan Karlos I davlat boshligi boldi. 1976 yildan kopchilik siyosiy partiya va kasaba uyushmalri oshkora faoliyat korsata boshladi. 1977 yil Ispaniyada 1936 yildan keyingi birinchi parlament saylovi boldi. Unda 100 ta partiya va 18 ta koalitsiya qatnashdi.

Ispaniya 1956 yilda Shimoliy Marokash, 1968 yilda Ekvatorial Gvineya, 1976 yilda Garbiy Sahroi Kabir kabi mustamlakalaridan mahrum boldi. 1982, 1986, 1989 va 1993 yillardagi parlament saylovlarida so-sialistik ishchi partiyasi galaba qozondi. 1996 va 2000 yilgi saylovda esa Xalq partiyasi nisbiy kopchilik ovoz olib, hukumatni tuzish huquqini qolga kiritdi.

Ispaniya - 1955 yildan BMT azosi. Milliy bayrami - 12 oktabr - Ispan Millati Kuni 1492. Ozbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 yil 17 martda ornatgan.

                                     

3. Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari

Ispaniyada 500 dan koproq siyosiy partiya va jamoat tashkiloti royxatga olingan. Asosiy partiyalari: Xalq partiyasi 1989 yil yanvargacha Xalq uyushmasi, 1976 yilda tuzilgan; I. sotsialistik ishchi partiyasi, 1879 yilda tuzilgan; I. kommunistik partiyasi, 1920 yilda tuzilgan; Basklarning millatparvar partiyasi, 1993 yilda tuzilgan; Kataloniya demokratik konvergensiyasi, 1974 yilda asos solingan; Valensiya ittifoqi. Kasaba uyushma birlashmalari: Mexnat-kashlar umumiy ittifoqi, 1888 yilda tuzilgan; Ishchilar kasaba uyushma birlashmasi, 1960 yilda asos solingan; Ishchi komissiyalari, 1956 yilda tuzilgan.

                                     

4. Xojaligi

Ispaniya industrial-agrar mamlakat. Sanoat ishlab chiqarish qajmi jihatidan Garbiy Yevropada 5-orinda, rivojlangan mamlakatlar ortasida 8-orinda turadi. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 23%, qishloq xojaligi ulushi 3.5%, xizmat korsatish sohasining ulushi esa 60 % dan ortadi. Bazi subtropik va bogdorchilik mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishda dunyoda oldingi orinlarda turadi.

Sanoatida ogir sanoat yetakchi orinda turadi. Mashinasozlik, avtomobil va kemasozlik, stanoksozlik, elektrotexnika, kimyo sanoati goyat rivojlangan. Sanoatning eng qad. tarmogi - toqimachilik ham ravnaq topgan. Elektron sanoati tez suratlar bilan taraniy etmoqda. Ammo konchilik va metallurgiya tarmoqlaridagi ishlab chiqarish qisq-arib bormoqda. 100 turdagi foydali qazilmalardan 16 tasi qayta ishlanadi. Pirit, simob, temir, qorgoshin-rux, uran rudalari va toshkomir qazib olinadi. Qazib olinadigan neft I. ehtiyojining 10% ni krndiradi. Asosiy kemasozlik korxonalari Bilbao, Kartaxena, Barselonada, avtoz-dlar Madrid, Barselona, Valyadolid, Vigo sh.da, kora metallurgiya korxonalari Biskayya, Santander, Asturiya, Valensiya viloyatlarida, rangli metallurgiya Kordova, Xaen, Mursiya, Ovyedo, Santander, Gipuskoa, Biskayya viloyatlarida, chetdan keltirilgan neftni qayta ishlovchi korxonalar Lakorunya, SantaKrus-de-Tenerife, Eskombre-ras va boshqa port shaharlarida, vinochilik sanoati Kataloniya, Aragon, Andalusiya va Yangi Kastiliya viloyatlarida joylashgan. Yiliga 155.7 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Elektr energiya, asosan, GES larda hosil qilinadi. 3 ta AES mavjud. Yoqilgi taqchilligi muqobil energiya manbalarini izlashni taqozo qiladi. Quyosh va geotermal styalardan keng mikyosda foydalaniladi. Asosiy sanoat markazlari - Barselona, Madrid, Bilbao, Ovyedo.



                                     

5. Qishloq xojaligi

Asosiy tarmoq dehqonchilik, qishloq xojaligi mahsuloti qiymatining yarmiga yaqini uning ulushiga togri keladi. Mamlakat maydonining 71%da dehqonchilik qilinadi. Ispaniyada vino dunyoda 3-orin tayyorlanadi, sitrus mevalar apelsin hosili boyicha Yevropada 1-orin, yiliga 3 mln. tonna, bugdoy ekin maydonining 20%, sholi dunyoda eng yuqori hosildorlik: ga dan 60 - 70 sentner, bodom, tamaki, paxta, qand lavlagi, sabzavot ekin maydonining 69%, kungabokar yetishtiriladi. Oliy nav zaytun yogi ishlab chiqarishda dunyoda l-orinda turadi yiliga 400 ming t dan ziyod. Chorvachilik yaxshi rivojlangan: qoramol, chochqa, echki, qoy boqiladi. Baliq va dengiz joni-vorlari ovlash qamda qayta ishlashda dunyodagi onlikka kiradi.

Ispaniyada temir yolillarning umumiy uz. - 14378 km, avtomobil yollari uz. - 324 ming km. Asosiy dengiz portlari: Kartaxena, Barselona, Bilbao, Santa-Krusde-Tenerife. Madrid va Barselona shaharlaridagi aeroportlar mamlakatdagi eng yirik aeroportlardir. I. chetga mashinasozlik kema va avtomobillar, qishloq xojaligi va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari chiqaradi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Yevropa Ittifoqi mamlakatlari import - 56%, eksport - 66%, AQSH import - 8% va eksport 9.2%, Yaqin Sharq mamlakatlari 8.6% va 8.1%, Lotin Amerikasi mamlakatlari 6.1% va 4.2%. Chet el sayyohdigi - muqim daromad manbai. Har yili Ispaniyaga 52 mln. sayyoh kelib ketadi, bu soha 20 mlrd. dollargacha daromad beradi AQSH dan keyin 2-orin. Sayyohlarga 6 mln. kishi xizmat qiladi. Pul birligi - peseta.

                                     

6. Tibbiy xizmati

Davlat davolash muassasalari bilan bir katorda xususiy shifoxonalar ham bor. Kopgina shifokorlar xususiy qabulxonalar ochishgan. Oliy oquv yurtlarining 19 fakulteti shi-fokorlar tayyorlaydi. Mamlakatda, ayniqsa, uning dengiz sohillarida kurortlar kup. Ularning eng muhimlari San-Sebastyan, Valensiya, Barselonada.

                                     

7. Maorifi, ilmiy va madaniy-marifiy muassasalari

6 yoshdan 14 yoshgacha bolgan bolalar uchun 8 yillik majburiy talim joriy etilgan. 4 yillik boshlangich, 7 yillik orta maktablar bor. Kuchaytirilgan toifadagi hunar-texnika va tijorat maktablari ishlaydi. Boshlanrich maktab oqituvchilari 3 yillik ped. bilim yurtlarida, orta maktab oqituvchilari universitetlarda tayyorlanadi. Mamlakatda 35 davlat universiteti, 4 katolik universitet, 3 ta politexnika instituti bor. Eng yiriklari: Salamanka 1218, Barselona 1430, Sevilya 1502, Madrid 1508 universitetlari, Sirtqi talim universiteti 1972, Bilbao universiteti 1968, Va-lensiyadagi Politexnika universiteti, Santyago-dekompostela sh.dagi universitet. Mamlakatdagi ilmiy tadqiqot ishlarini 1939 yilda tuzilgan Ilmiy tadqiqotlar Oliy kengashi uyushtiradi va muvofiqlashtiradi. Akademiyalari: Madriddagi Ispan qirollik akademiyasi 1713, Huquqshunoslik va qonunchilik rollik akademiyasi 1730, Kirollik milliy tibbiyot akademiyasi 1732, Bar-selonadagi Fan va sanat qirollik akademiyasi 1764, Madriddagi Axlo-qiy va siyosiy fanlar kirollik akademiyasi 1857. Bir qator ilmiy tadqiqot institutlari mavjud. Ispaniyada 57 yirik kutubxona, jumladan, Madriddagi Milliy kutubxona 1712 va universitet ku-tubxonasi, Barselonadagi Kataloniya kutubxonasi bor. Ispaniyada 90 muzey bolib, yiriklari Madriddagi Prado muzeyi 1819, Milliy arxeologiya muzeyi 1867, Barselona, Kordova, Valensiya va Sevilyadagi badiiy muzeylardir.



                                     

8. Matbuoti, radioeshittirishi va telekorsatuvi

Ispaniyada 120 ga yaqin gaz. va 900 jurnal nashr etiladi. Eng yiriklari: "Pays", "Vanguardia", "Diario-16", "Levante", "Kambio-16" haftalik jurnal, 1972 yildan, "Destino". Ispaniya ax-borot agentligi - EFE 1939 yil 3 noyabrda tashkil etilgan. Ispaniyada radioeshittirish 1919 yildan, telekorsatuvlar 1956 yildan olib boriladi. Ispaniya radiosi va te-lekorsatuvi hukumat hamda siyosiy partiyalar vakillaridan iborat kengash tomonidan boshqariladi, radioeshittirish va telekorsatuvlarni nazorat qiladi. Ispaniya milliy radiosi va Ispaniya telekorsatuvi davlat mahkamasi mavjud.

                                     

9. Adabiyoti

Adabiyoti ispan, bask, katalon tillarida va portugal tilining galisiy shevasida.

Ispan adabiyoti orta asrlarda xalq ijodi, yunon, Rim va arab mada-niyatlarining tasirida shakllangan. Xalq baxshilari xuchlarning ogzaki ijodiyoti ispan adabiyotining debochasi bolgan. Uning dastlabki yirik na-munasi - "Sid haqida doston" 12-asr. Unda bosqinchilarga qarshi kurash qahramoni Rodrigo de Bikar 9-asr jasorati madh etilgan. Bu davrda lo-tin, ispan tillaridagi diniy adabiyot alohida orin oladi. 14-asr ispan adabiyotida "Apoloniya haqida kitob" 12 - 13-asrlar, "Aleksandr haqida kitob" 13-asr oxiri, "Ritsar Sifar" 13-asr romanlari kozga tashlanadi. X. Manu-elning "Graf Lukanor" 1328 - 35 kitobidagi insonparvarlik ohanglari ispan adabiyotida sezilarli vokea boldi. X. Ruis orta asrlar adabiyotining songgi istedodli shoiri va Uygonish davrining darakchisidir. Uning "Saodatli muhabbat madhi" kitobidagi realizm ruhi ispan adabiyoti keyingi taraqqiyotiga zor tasir qildi. Bu davr adabiyoti italyan va fransuz Uygonish davri tasirida shakllandi, adabiyotning deyarli barcha asosiy janrlari rivojlandi. Lope de Vega xalqchil dra-malari bilan shuxrat qozondi. S. M. de Servantesning "Don Kixot" asari va umuman uning ijodi I. Uygonish davrining gultoji boldi.

16-asrda boshlangan iqtisodiy, siyosiy inqiroz adabiyotga ham tasir etdi.

Fransuz klassitsizmiga taklidiy asarlar yaratildi. 18-asrda Yevropaning boshqa mamlakatlari kabi Ispaniyada ham marifatparvarlik harakati avj oldi B. Fleyxoo, G. M.de Xovelyanos va boshqa.

Napoleon istilosiga qarshi kurash inqilobiy romantizm oqimining rivoj topishiga, shoir X. de Espronseda ijodining shakllanishiga olib keldi. U sher va dostonlarida burjua tuzumini har taraflama tanqid qildi. Re-aksion romantiklar X. Sorrilya-i-Moral monarxiya va feodal tuzumini koklarga kotarishga urindilar. Ispan tanqidiy realizmi 19-asr ortalarida shakllandi. Uning yirik vakili - B. Peres Galdos 1843 - 1920ning tarixiy romanlar turkumi "Milliy epi-zodlar" vatanparvarlik ruhi bilan sugorilgan. Naturalizmning nazariyotchisi va yirik vakili E. Pardo Basan 1852 - 1921 birinchi bolib "Xalq qizi" romanida ishchilar hayotini tasvirladi.

20-asr I. tarixi va ispan madaniyati tarixidagi eng dramatik va sermahsul davrdir. Bu davrdagi soz sanatining ravnaqi prozaik va dramaturglar Xose Echegaray-i-Eysagirre, Migel de Unamuno, Ramon Mariya del Vals-Inklan, Pio Baroxii-Nesa, Xasinto Benaventei-Martines, shoirlar Anto-nio Machado, Xuan Ramon Ximenes, Federiko Garsia Lorka nomlari bilan bogliq. 30-yillarda inqilobiy adabiyot yaratildi. S. M. Arkonada, X. Arderius va boshqa adiblar ishchilar manfaatini himoya qilib, reaksiyani fosh etuvchi asarlar yaratdilar. Bu davrda shoirlar koproq romans janrida ijod etdilar.

Mamlakatda fashist rejimi ornatilgach, ispan adabiyoti tushkunlikka uchradi, kop adiblar chet elga ketib krldilar. Kamillo Xose Selaning romanlari osha davrning nisbatan yaxshi asarlaridir. Uning birinchi "Pasku-al Duartening oilasi" 1942 romani 40 - 50-yillardagi ispan adabiyoti uchun harakterli bolgan tremendizm isp. tremendo - dahshatli oqimini boshlab berdi. Tremendist-yozuvchilar insonning du-nyoda chinakam yolgizligini, olim, zoravonlik inson hayotining muqarrar bir qismi ekanini nazarda tutdilar. Yirik zamonaviy ispan prozaigiMigel Delibes ham ijodining boshlangich davrida shu oqim tasirida bolgan. Keyingi yillardaD. Medio, A. Matute hayotni haqqoniy tasvirlash bilan birga inson ruhiyatining nozik jihatlarini ochib berdilar. V. Aleyksandre ozining falsafiy lirikasida insonparvarlik goyalarini qaror toptirishga intiladi.

Bask adabiyotining dastlabki namunasi B. Dechepare yozgan "Bask tilining ibtidosi" 1545 nomli diniy va ishqiy sherlar toplamidir. 17-asrda diniy P. De Ashular va boshqa, 18-asrda marifatchilik goyalari M. de Larramendi va boshqa ilgari surildi. 19-asrning ortalaridan romantizm yetakchi oqimga aylandi. Ayni vaqtda realistik asarlar ham paydo boldi D. Agirrening "Dengiz suvlari", "Qirqquloq" romanlari. Hokimiyatga fashistlarning kelishi 1939 bask milliy madaniyati rivojiga jiddiy tosiq boldi. N. de Ormaecheaning vatanparvarlik ruxidagi "Bask" dostoni, X. Echayde va X. A. Irasustaning realistik romanlari diqqatga sazovor.

Katalon adabiyoti Kataloniya va Valensiyada, Balear orollarida katalon tilida va uning shevalarida 9 - 13-asrlarda ogzaki xalq sheriyati shaklida, 12-asr oxiridan esa yozma diniy adabiyot tarzida rivojlandi. Jaume I, B. Desklot va R. Muntaner proza janrida ijod qildilar. Raymund Lulliyning "Blankern haqida kitob" asari katalon tilidagi birinchi roman edi. A. de Vilanov, F. Eshimenis kabi yozuvchilar didaktik asarlar yaratdilar. 15-asr boshidan katalon adabiyotida Uygonish davri goyalari aks etdi. A. Febrer, Sh. Fogassot, J. de Sant-Jorji Italiya poeziyasi tasirida asarlar yaratdilar. Shoir A. Mark 1397 - 1459 katalon adabiy tilining otasi hisoblanadi. 16 - 19-asrlardagi yozuvchilar orasida J. Roys, J. Gazul, A. Turmeda, A. Pineda, F. Garsia, A. Blaklar bor. 20-asrda shoirlardan S. Espriu, J. Sarsadenes, J. Serda, yozuvchilardan J. Es-pinas, B. Porsel, E. Torreslar mashhur.

Galisiy adabiyoti Pireney yarim orolning shimoli-garbida yashovchi milliy ozchilikning portugal tili galisiy lahjasidagi adabiyotidir. 8 - 11-asrlarda bu lahjada rang-barang xalq laparlari toqilgan. 15-asr oxiridan 19-asr boshlarigacha galisiy adabiyotida ogzaki ananalar ustunlik qildi. F. Anon-i-Pas, X. M. Pintos, aka-uka Antonio kabi shoirlar yozma adabiyotni rivojlantirdilar. 20-asrda V. Matines Risko, A. Rodriges Kastelao, X. Vidal kabi yozuvchi va shoirlar ijtimoiy muammolarni kotarib chiqdilar. 1939 yilda Franko diktaturasi ornatilgach, galisiy adabiyoti taqiqlandi. 1950 yildagina yana bu tilda kitoblar nashr etila boshladi. S. E. Ferreyro, U. Novoneyra, M. Mariya, K. Kasaresning vatanparvarlik ruhidagi sher va romanlari bosilib chikdi. S. M. de Servantes, G. Lorka va boshqa yozuvchilarning asarlari ozbek tiliga tarjima qilingan.

                                     

10. Memorligi

Memorligi - qad. I. hududida paleolit va neolit davrlariga oid madaniyat yodgorliklari, rimliklar hukmronligi davriga mansub teatr binolari, ehrom, kopriklar saqlangan. Arablar madaniyat yodgorliklaridan hashamatli masjidlar, saroylar qolgan. Ispan qirolligi vujudga kelgach, Asturiyada San-Migel de Lino, Santa-Kristina de Lena va boshqa cherkovlar kurildi 9-asr. Jan.da qala shaklidagi devorlar bunyod etildi. Avila sh.ning devorlari 11-asr, Toledodagi "Quyosh darvozasi" 12-asr shu davr memorligining namunalaridan. Bu binolarda arab memoriy uslubining tasiri kozga tashlanadi. 11-asrning 2-yarmidan memorlik, asosan, roman uslubiyan Santyagode-K.ompostela sh.dagi sobor, keyinroq Uygonish ruhida Sa-ragosadagi La Seo sobori rivojlandi. 13-asrdan shaharlar taraqqiy etishi munosabati bilan gotika uslubi ravnaq topdi 16-asr boshlarigacha. Burgos, Toledo, Leon shaharlarida eng yaxshi gotika soborlari qurildi. I. orta asr memorligida mavritan memorligi va "mu-dehar uslubi" oziga xosdir. "Mudehar" uslubida gotika va arab uslublarining eng yaxshi tomonlari mujassamlantirilgan. Bu yerda sirlangan pishiq gishtdan qurilish va badiiy bezak ashyosi sifatida foydalanib, gilamsimon naqshlar yaratildi. Ganchkori oyma naq-shlar keng qollanildi. 16-asr 1-yarmi I. memorligi italyan Uygonish davri memorligi tasiri ostida boldi. Bu davrda Amerikani bosib olgan ispanlar yuborib turgan asil metallar bilan asilzodalarning saroyini bezatish urf boldi. Hashamdor "plateresko uslubi" ispan Uygonish davrining milliy memoriy uslubiga aylandi. Cherkovlar ichini badiiy hunarmandchilik buyumlari bilan bezashga zor berildi. Bino atroflari tilla suvi yugurtirilgan jimjimador panjaralar bilan oraldi. Oddiy turar joylarni esa odmigina qilib qurish davom etdi. 17 - 18-asrlarda barokko uslubi rivojlandi memor X. B. de Churrigera va boshqa. 18-asrning 2-yarmida fransuz va italyan sanati tasirida klassitsizm tarqaldi me-morlardan V. Rodriges, X. de Vilyanue-va. 19-asr memorligida eklektika va modern uslubi ustun boldi. 20-asrda esa funksionalizm keng tarqaddi Madriddagi universitet shaharchasi, ippodrom va boshqa.



                                     

11. Tasviri

Tasviriy sanatga oid qad. yodgorliklar Ispaniyada anchagina saklangan. Bular Altamira va boshqa gorlarning devorlariga chizilgan hayvonlar tasvirlari paleolit davriga oid, mamlakat sharqidagi gorlardan topilgan kulollik buyumlari va ov, urush manzaralari tasvirlari neolit davriga oid, shuningdek, keltiberlarning haykallari, vestgotlarning zargarlik buyumlari va boshqa 8 - 9-asrlardan ispan tasviriy sanati shakllandi. Qolyozmalar uchun miniatyuralar, naqshlangan yogoch haykalchalar va sh.k. yaratildi. Roman va gotika uslublariga xos rasmlarda xalq ijodining tasiri namoyon boldi. 15-asr ortalarida rassomlik P. Berrugete, A. Fernandes va haykaltaroshlik X. de Siloe, D. Forment orta asr qoliplaridan chi-qib, haqqoniy timsollar bilan boyidi. 16-asr oxiri - 17-asr boshlarida realistik tamoyillar kuchaydi. F. Ribalta, F. Errera, D. el-Greko kabi rassomlar, A. Kano, P. de Mena, X. Martines Montanyes kabi haykaltaroshlar qirol saroyidan olisda yashab ijod qildilar va ananani yanada rivojlantirdilar. 17-asrda Ribera, F. Surbaran, D. Velaskes kabi buyuk rassomlarning ijodi tufayli ispan milliy rassomligi ozining yuqori choqqisiga kotarildi. F. Goyya asarlarida milliy realistik sanat, X. Madraso, X. Alvares ijodida ispan xalqining ozodlik uchun kurashi yorqin aks etdi. 19-asrda va 20-asr boshlarida realistik tamoyillar avj ola boshladi. 20-asr 1-yarmida for-malistik oqimlar kubizm, syurrealizm va boshqa tarqaldi haykaltarosh P. Gorgalo, rassom S. Dali va boshqa. Ispan xalqining 1936 - 39 yillardagi ozodlik kurashi kopgina rassom va haykaltaroshlarni fashizmga karshi birlashtirdi. Bu kurashda P. Pikasso ham ishtirok etdi. Urush yillarida grafika va plakat tasviriy sanatda yetakchi orinni egalladi. Zamonaviy ispan sanatida manzara janri keng tarqalgan. B. Palensiya, X. Vakero, A. Delgado kabi rassomlar va ularning izdoshlari ona yurt tabiatining nafis va real manzaralarini, uning mehnatkash kishilarining gozal qiyofalarini yaratdilar. Tasviriy sanatda demokratik tamoyillar kuchayib borayotir.

                                     

12. Musiqa

Musiqa uslublari kop va rang-barang Xalq musiqasida asosiy 5 ta mahalliy uslub ajratiladi: bask, galisiy, katalon, kastil va andalusiya Ispan raqslari ohangdorligi, tasirchanligi, shaklining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bolero, xota, fandango, segidilya, kachucha kabi xalq raqslari mashhur. Cholgu asboblari: gitara, skripka kabi torli, tamburin, tun-tun va pandereta, kastenyeta kabi urma sozlar, flyuviol fleytasi va boshqa 6 - 7-asrlarda diniy madhiya gimn janri rivoj topdi. 8-asrdan boshlab Ispaniyada arab musiqasi ananalariga asoslangan yangi uslub taraqqiy etdi Ziryob mak-tabi, 9-asr. 12-asrda romans janri yuzaga keldi. 14-asrda trubadur sayyor shoir, qoshiqchilar musiqasi ravnaq topdi - kantiga, albada, pastural, retroen-sa janrlari maromiga yetkazildi. Musiqali teatrning dunyoviy shakllari vujudga keldi. 15 - 16-asrlarda milliy sanat ravnaq topdi. B. Ramos de Pare-xa, F. Salinas va boshqa musiqa nazariyasi va estetikasiga oid asarlar yaratdilar. 17-asrda Ispaniyaga xos opera janri - sarsuela, 18-asrda lirik musiqali komediya - tonadilya janri shakllanib, milliy ilgor goyalar targib qilindi. 19-asr 1-yarmida Madrid va Barselonada konservatoriya, opera teatrlari ochildi. 19-asr oxiridan F. Pedrel va uning izdoshlari I. Albenis, E. Granados, M. de Falya yangi milliy musiqa maktabiga asos soldi. Ularning ijodi ispan mu-siqasining choqqisi, 20-asr Garbiy Yevropa klassik musiqasining namunasiga aylandi. 20-asrda ijrochilik sanati yuksak pogonaga kotarildi. Milliy ozodlik urushi yillarida S. Bakari-se, E. K. Chapi, K. Palasioning ommaviy inqilobiy vatanparvarlik qoshiqlari keng tarqaldi. Franko rejimi ornatilgach, kop musiqachilar chet ellarga ketishga majbur boldi. Zamonaviy kompozitorlar - O. Espla Triay, E. va K. Alfterlar, G. Pitaluga, P. Sorosabal va boshqa.

                                     

13. Teatri

Teatri qadim zamonlardan I. xalqi turmushining, urf-odati va karnavallarining tarkibiy qismi bolgan. Orta asrlarda u boshqa mamlakatlardagi singari diniy va xalq teatri yonalishida rivojlandi. 14 - 15-asrlarda birinchi saroy teatrlari yuzaga keldi. 16-asrda professional va yarim professional truppalar tashkil topdi. Dramaturg va aktyor Lope de Rueda bu ishga boshchilik qildi. 16-asr 2-yarmidan Madrid, Sevilya, Valensiya, Barselona, Granada va boshqa yirik shaharlarda doimiy xalq teatrlari - korralilar ochildi. Ularda S. M. Servantes, Lope de Vega, Tirso de Molina va boshqa dramaturglarningasarlari sahnalashtirildi. 17-asrda A. de Sisneros, N. de los Rios, A. de Vilyegas va boshqa rahbarligidagi truppalar shuxrat qozondi. 18-asrda fransuz klassitsizmi, estetikasini meros qilib olgan saroy teatrlarida musiqali spektakllar mashhur boldi. 1708 yil "Kinos del Peral" nomli opera teatri tashkil boldi. Sarsuela, say-net, tonadilya kabi kichik janrlarda klassik davr ananalari saqlanib qoldi. 19-asrda romantik dramaturgiya va realistik komediya rivojlandi. 1849 yil Madridda "Espanol" teatri ochildi, 1847 yil Barselonada "Liseo" opera teatri ish boshladi. 20-asr boshlarida tan-K.IDIY realizm karor topdi. 1931 yildan song teatrda ilgor islohotlar otkazildi. G. Lorka va A. Kasoni I. teatrini demokratlashtirishga harakat qildi.

Hokimiyat Franko qoliga otgach, ilgor islohrtlar bekor qilindi, sahnada kongilochar spektakllar qoyildi. 50-yillardan yirik shaharlarda yana klassik asarlar sahnalashtirila boshladi. I. teatrlarining keyingi yillardagi repertuaridan B. Brext, J. B. Pristli, A. Miller, G. Lorka va boshqa dramaturglarning otkir ijtimoiytanqidiy pye-salari orin oldi. Madridda 20 dan ortiq teatr bor. Aktyorlar Madrid va Barselona konservatoriyalarining sahna maqorati bolimlarida hamda Mad-riddagi drama sanati maktabida tayyorlanadi.

                                     

14. Kinosi

Birinchi kinofilm 1896 yil namoyish etilgan. Keyinchalik "Qahvaxonadagi janjal" 1898, "Doroteya" 1898, "Tekin pivo" 1906 kabi fil-mlar ishlandi. 1905 yil Ispaniyada A. Kuesto suratga olgan birinchi badiiy film yuzaga keldi. 1906 yilda Barselonada birinchi kinofirma - "Ispano films" ga asos solindi. Birinchi ovozli film "Tuproqdagi suv" 1934 yil yaratildi. Ispaniyadagi milliy inqilobiy urushni aks ettiruvchi badiiy va hujjatli fil-mlar orasida "Gallasiz yer" kinosi ijtimoiy masalaga bagishlangan. Ispaniyada Franko rejimi davrida kongil ochar filmlar ishlab chiqarila boshladi. 50-yillarda "Xush kelibsiz, janob Marshal!" 1953, "Velosipedchining oli-mi" 1955, "Shoh kocha" 1956, "Jallod" 1963, "Ov" 1965, "Qargalarni bok" 1975, "Yanvarda yetti kun" 1979, "Milliy boylik" 1981 kabi ijti-moiytanqidiy ruxdagi filmlar yaratildi. L. Byunyuelning "Viridiana" 1961 kinofilmi butun dunyoga tanildi. X. L. Lopes Vaskes, F. Rey, A. Ferrandis, A. Molina, A. Landa, X. Mistral, F. Rabal va boshqa I. kinosining mashhur aktyorlari, M. Pikaso, L. Byunyuel, X. Kamino, M. Aragon kabilar yetakchi rejissyorlaridir. Ispaniyada Milliy kinematografiya instituti va Milliy filmoteka bor. San-Sebastyan, Val-yadolid va Barselonada Xalqaro kinofestival otkazib turiladi. Yiliga 100 dan ortiq film ishlab chikariladi.

                                     

15. Tarkibi

Ispaniya 17 avtonom jamoat va 2 avtonom shaharga mamuriy bolingan. Jamoatlar oz navbatida provinsiyalarga bolingan, provinsiyalar 50 ta. Provinsiyalar qator munisipalitetlardan iborat.

                                     

16. Sport

Ispaniya futbol boyicha dunyoda yetakchi orinlarda turadi. Ispaniya milliy terma jamoasi 2010-yilgi Afrika jahon chempionati, 2012 yilgi EVRo kuboklari sohibi. Dunyo ahli tan olgan yirik futbol jamoalari mavjud. Real Madrid, Barselona, Valensiya kabi dunyoga mashxur jamoalari bor.

Free and no ads
no need to download or install

Pino - logical board game which is based on tactics and strategy. In general this is a remix of chess, checkers and corners. The game develops imagination, concentration, teaches how to solve tasks, plan their own actions and of course to think logically. It does not matter how much pieces you have, the main thing is how they are placement!

online intellectual game →