Back

ⓘ Gidrosfera - Yer massasining atigi 14100 qismini tashkil etadi. Gidrosferaning eng asosiy qismi - Dunyo okeani Yer qurrasi umumiy maydoni ning 361 mln.km 2 ni, ..



Gidrosfera
                                     

ⓘ Gidrosfera

Gidrosfera - Yer massasining atigi 1/4100 qismini tashkil etadi. Gidrosferaning eng asosiy qismi - Dunyo okeani Yer qurrasi umumiy maydoni ning 361 mln.km 2 ni, yoki 71 % ni Gidrosfera qoplab olgan, kol va daryolardagi suvlar esa quruqlik maydonining 6 % chasini egallab turadi. Yer qurrasidagi barcha abadiy qor va muzliklarning umumiy maydoni 21 mln. km 2, bu esa Yer yuzasi umumiy maydonining 4 % ini, quruqlik maydonining 14 % ini tashkil etadi. Gidrosferaning kimyoviy tarkibi dengiz suvining ortacha kimyoviy tarkibiga juda yaqin, undagi eng muhim kimyoviy elementlar: kislorod - 85.8 %, vodorod - 1 0.8 %, xlor va natriy - 2.95 %. Gidrosfera suvlari uzluksiz va tez harakat qilib, tabiatda aylanib turadi va atmosfera, litosfera va biosfera bilan chambarchas boglanishda boladi. Gidrosfera gidrologiya, okeanologiya, geologiya, geokimyo kabi qator geografik fanlarning tadqiqot predmeti hisoblanadi.

                                     

1. Gidrosfera togrisida tushuncha

Gidrosfera erning su qobigi bolib, u yer posti va atmosfera ortasida joylashgan. Gidrosferadagi umumiy suv miqdori 13.859.846 ming km 3. M.I.Lpvovich maolumotlariga kora bu iqdor 1.454.000.000 km 3. Bu qobiqdagi suvlarni dunyo okeani, qurqlik va atmosfera suvlariga bolishadi. Dunyo okeanida gidrosferaning 96.5 foiz suvi toplangan. Quruqlik suvlari yuza va yer osti suvlariga bolinadi. Yuza suvlari gidrosfera suvlarining 1.97 % ni, yer, yer osti suvlari esa 1.70 % ni, atmosferadagi suv esa 0.001 % ni tashkil etadi. Yer yuzasining 70.8 % ni suv qoplaydi. Uning maydoni 361 mln km 2. Gidrosferaning tarkibiy qismlaridagi suv miqdori bir-biridan ancha farq qilsada, lekin ularning umumiy suv aylanishidagi faoligi ham bir hil emas. Masalan, daryo suvlarining aylanish davri 12 sutkaga, atm suvlariniki - 10 sutkaga, tuproq suvlariniki - 1 yilga, dunyo okeani suvlari - 2600 yilga, qutb muzliklari - 9700 yilga teng. gidrosfera okenas usvlari juda kop hisoblanadi.

                                     

2. Global suv aylanishi va erning yillik suv balansi

Gidrosferani dinamik sistema sifatida rivojlanishida troposfera va yer ostidagi suvlarning toxtovsiz harakati muhim rol oynaydi. Suvning geografik qobiqdagi global aylanishiga quyosh energiyasi, havoning gorizontal harakati va yerning tortish kuchi xizmat qiladi. Quyosh energiyasi tasirida okean va quruqlik yuzasidagi suvlar buglanadi. Okean suvlarini buglanishi quruqlik yuzasiga nisbatan 6.6 marta kop suvni buglatadi. Global suv aylanishiga gidrosferaning 525.1 km 3 miqdoridagi suvi qatnashadi. Bu suv miqdori har yili 1 km 2 yer yuzasidan buglangan suv miqdori - 1030 mm ga teng. Shu miqdordagi teng. Shu miqdordagi suv yana yogin tarzida yer yuzasiga qaytib tushadi.

                                     

3. Dengiz suvi tarkibining xususiyatlari

Dengiz suvining xususiyati - uning shorligi. Ochiq okeanda suvlaring ortacha shorligi 35 promilga teng. Dengiz suvining tuz tarkibi quyidagicha: natriy xlorid - 77.7 %, magniy xlorid - 10.87 %, magniy sulfat - 4.7 %, kalpciy sulpfat - 3.6 %, kaliy sulpfat - 2.5 %, kalpciy karbonat - 0.3 % ni tashkil etadi. Daryo suvlarining shorligi ortacha 0.146 promillega teng. Dengiz suvida osh tuzi eng kop bolsa, daryo suvida karbornatlar kop miqdorda tashkil etadi. Okean suvlarining shorligi ozgaruvchan miqdordadir. U joyning iqlimiga, muzlash yoki muzlarni erishiga, okean oqimlariga, daryo suvlarining miqdoriga va boshqa omillarga bogliq. Ochiq okean suvlarida shorlik 32-38 promilga boradi. Orta dengizlarda esa shorlik ancha ortadi. Masalan, Qizil dengizi suvining shorligi 41 promilga teng.

                                     

4. Okean suvlarining termik va gaz rejimi

Okean suvlari katta issiqlik sigimiga ega. Okeanning 10 m lik suv qatlamini issiqlik sigimi butun atmosferaning issiqlik sigimidan tort marta kopdir. Shuning uchun okean suvlari sekin isib, sekin soviydi. U oz issiqligi bilan havo massalarini ilitadi. Okean issiqlik balansidagi kirimda - quyosh energiyasi, chiqimida buglanishga sarf bolgan issiqlik va atmosfera bilan bolgan turbulent issiqlik almashinishi kuzatiladi. Turbulent issiqlik almashinining miqdori unchalik katta bolmasada, bu issiqlik atmosfera boyicha taqsimlanib butun yer shari boyicha tarqaydi. Okean suvlarinng harorati va shorligi taosirida suvlarning gaz rejimi shakllanadi. Harorat va shorlik qancha kop bolsa, bu suvlarda erigan gazlar miqdori shunchalik kam boladi.

                                     

5. Okean suvlarining harakati va suv massalari

Okean suvlari doimo harakatda boladi. Bu harakat tolqinlanish, suv qalqishi, ichki tolqinlar, dengiz oqimlari, sinoptik girdoplar korinishida boladi. Suvning harakatiga shamol, yer qimirlashlar va vulkanlar otilishlari, Yer-Oy tortilishi, harorat, shorlikni turlicha bolishi tasir korsatadi. Okean suvlarini vertikal yonalishda tort zonaga ajratiladi. Yuza suvlar - dunyo okeanining suv hajmini 5.1 % ni tashkil etadi. Oraliq suvlar - 31 %, suqurlik suvlar - 50.7 %, suv osti yaqinidagi suvlar - 13.2 ni tashkil etadi. Okean suvlarini harorati shorligi, tiniqligi, organik hayot xususiyatlariga kora suv massalari ajratiladi. Yuza suvlarida quyidagi suv massalari ajratiladi:

  • Arktika
  • Subantarkttika
  • Tropik
  • Subarktika
  • Shimoliy subtropik
  • Shimoliy atlantika
  • Antarktika.
  • Ekvatorial-tropik
  • Janubiy hind okeani
  • Janubiy subtropik

Dunyo okeanidan oqilona foydalanish, chuchuk suv tanqisligi, gidrosferani muhofaza qilish muammolari hozirgi kunda yildan yilga keskinlashib bormoqda. 1982-yil 30-aprelda BMT dengiz huquqi boyicha Konvenciya qabul qildi. Bu dunyo okeanidan foydalanishni boshqarib turishda muhim rol oynaydi.

Free and no ads
no need to download or install

Pino - logical board game which is based on tactics and strategy. In general this is a remix of chess, checkers and corners. The game develops imagination, concentration, teaches how to solve tasks, plan their own actions and of course to think logically. It does not matter how much pieces you have, the main thing is how they are placement!

online intellectual game →