Back

ⓘ Odam genetikasi - genetika fanining bir bolimi; odam irsiyatining saqlanishi, nasldan-naslga otishi va avlodda namoyon bolishini organadi. O.g. shartli ravishda ..



                                               

Kariologiya

Kariologiya - sitologiyaningir bolimi; hujayra yadrosi va uning tuzilmalari ni optik va elektron mikroskopiya, sitokimyo, izotop indikatorlar usullari yordamida organadi. K. 19-asr oxiri 20-asr boshlarida hujayra yadrosining irsiyatdagiyetakchi roli aniqlanganidan song paydo boldi. Yadro tuzilmalarining interfaza va hujayraning bolinishi davrida mikroskopik va submikroskopik tuzilishi, ayniqsa, xromosomalar reduplikatsiyasi qonuniyatlarining aniqanishi K.ning asosiy yutugi hisoblanadi. Genetika va K. asosida sitogenetika paydo bolgan. K. sitogenetika, rivojlanish biologiyasi, molekulyar bi ...

                                     

ⓘ Odam genetikasi

Odam genetikasi - genetika fanining bir bolimi; odam irsiyatining saqlanishi, nasldan-naslga otishi va avlodda namoyon bolishini organadi. O.g. shartli ravishda inson genetikasi va tibbiyot genetika-siga bolinadi. Antropogenetika odam organizmi normal belgilarining ir-siyligi va ozgaruvchanligini, tibbiyot genetikasi esa uning irsiy patologi-yasini organadi. O.g. 19-asrning oxirlaridan rivojlana boshladi. Bu davrda xdli irsiyatni organuvchi usullar kam bolganligi sababli, odam ayrim belgilarining nasldan naslga otishini organishda egizaklar usulidan foydalaniladi. 20-asrning boshlaridan odamning populyasion genetikasi rivojlana boshladi. Populyasion genetika malum bir chegaralangan gurux, odamlardagi geografik, etnik, tabakali va boshqa genlarning turlari va tarkibining ozgarishini organadi. Bundan tashqari, bu usul yordamida odamning tur si-fatida evolyusion shakllanishi, ularning sut emizuvchilardan irsiy farqlari, zamonaviy odam populyasiyalaridagi irsiy ozgaruvchanliklarni organish mumkin.

20-asrning 20 - 30- yillaridan boshlab odamdagi mutatsiyalar organila boshlandi. Odam irsiyatini organishda uni xavfli mutatsiyalardan himoya qilish katta ahamiyatga ega, chunki texnika rivojlanishi va kimyoviy vositalar kop ishlatilishi tufayli odam orga-nizmiga mutagen omillar tasiri oshib bormoqda.

20-asrning ortalariga kelib va radiatsion genetika rivojlanishi bilan O.g.ni organish yana kuchaydi. 1956 yil odamda 46 ta xromosoma 23 juft borligi aniklandi, 1959 yilda esa odamning birinchi xromosoma kasalligi Daun kasalligi kashf kilindi.

O.g. xromosomadagi har bir genii, ularning xromosomada joylashishi, namoyon qiladigan belgilarini va bu belgilar yuzaga kelishida irsiyat va tashqi muhitning ahamiyatini, mutatsiyalarning yuzaga kelish sabablarini organadi. Izlanishlar natijasida irsiy xilma-xillik yoki polimorfizm kashf etildi. Mas, gemoglobinning 200 ga yaqin turi borligi, fermentlarning turli-tuman shakllari va boshqa aniklandi.

Irsiyatning xromosoma va genlarini organishda molekulyar biologiyaning bir necha usullari; sitogenetik, biokimyoviy, immunogenetik, gen inje-neriyasi va h.k.dan foydalaniladi.

Sitogenetik usullar odam xromoso-malari soni, ularning tuzilishini organish imkonini berdi, natijada kopgina irsiy kasalliklarni aniklash mumkin boldi. Biokimyoviy usullar yordamida gendan u nazorat qiladigan belgigacha bolgan yol organilib, irsiy kasalliklarga tashhis qoyish va ularni davolash usullari ishlab chi-qildi. Immun javobning rivojlanish mexanizmlari organilganda bir guruh genlar markaziy gistomoslik kompleksi genlarining ahamiyati juda katta ekanligi aniqlandi. Bu sistema omillari organizmning noyobligini taminlashda, xujayralararo reaksi-yalarni amalga oshirishda, immun javob kuchini nazorat qilishda qatnasha-di, yani sistema donor - transplantat ni tanlay bilishda, yangi immun tiklash usullarini ishlab chiqish, tugma kasalliklarni oldindan aniqlab olishda ahamiyati katta.

20-asrning oxirida amerika olimlari odam genlari kartasini toliq organib chiqishga muvaffaq bolishdi. Bu kashfiyot endilikda gen injeneriyasi metodlari yordamida irsiy kasalliklarni davolash usullarini ishlab chiqishga imkon beradi. Shu bilan birga irsiy kasalliklarni homiladorlikning ilk davrlarida aniqlash pre-natal tashhis usullari ishlab chiqilmoqda.

Gen injeneriyasi usullari yordamida bepusht ayolga probirkalarda chatishtirilgan homila implantatsiya qilinmokda, natijada ular farzand korish imkoniyatiga ega bolmoqdalar.

O.g.ni organishdagi bilimlar asosida hozirgi kop mamlakatlarda, shu jumladan, Ozbekistonda genetik maslahatxonalar va genetik skrining markazlari ochilib, ularning kelajak avlodning soglom tugilib, ulgayishida ahamiyati ortib bormoqda.

Free and no ads
no need to download or install

Pino - logical board game which is based on tactics and strategy. In general this is a remix of chess, checkers and corners. The game develops imagination, concentration, teaches how to solve tasks, plan their own actions and of course to think logically. It does not matter how much pieces you have, the main thing is how they are placement!

online intellectual game →